Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 4 may 126-son qaroriga asosan Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas`ul shaxslari hamda foydalanuvchilari uchun Aloqa tarixi muzeyida 2011 yil 10 iyunda Yagona himoyalangan elektron pochta va elektron hujjat aylanishi tizimida ishlashmavzuida o’quv seminari bo’lib o’tdi.

Seminar, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda UNICON.UZ markazi tomonidan tashkil etildi.

Seminarning maqsadi – O’zbekiston Respublikasi davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yagona himoyalangan elektron pochta va elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanishning taqdimoti.

18.05.2011y.

2011 yil 18 mayda Aloqa tarixi muzeyida “Radioaloqa texnologiyalari – istiqboli, xususiyatlari va ulardan foydalanish” mavzuida ilmiy-texnika seminari bo’lib o’tdi.

Seminar O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat radiochastotalar komissiyasi, Fan texnika va marketing tadqiqotlari markazi, Radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati hamda Elektromagnit moslashuv markazi tomonidan tashkil etildi.

Seminarning o’tkazish maqsadi –bu axborot va tajriba almashish, Internetga yuqori tezlikda kirishni taminlaydigan, mobil aloqa, raqamli televideniye, radiouzatish va radioaloqaga oid boshqa yangi texnologiyalarni rivojlanish tendenciyalarini muxokama qilishdir.

2011 yil 13 may

Aloqa tarixi muzeyida joriy yilning 13 mayida “O’zbekiston telekommunikaciya tarmoqlarini boshqarishda telekommunikaciyalar operatorlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari” mavzuidagi amaliy seminar – yig’ilish bo’lib o’tdi.

Seminarni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X.A.Muxitdinov ochdi.

Seminar ishida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mutaxassislari, shuningdek, “O’zbektelekom” Akciyadorlik kompaniyasi rahbar xodimlari, filiallar rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdilar.

2011 yil 10 may

2011 yil 10 may kuni Ozbekiston Aloqa tarixi muzeyida Ozbekiston dasturchilar milliy Forumining tantanali ochilish marosimi bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Maglisi, Ozbekiston Xukumati va Ozbekiston aloqa va axborotlastirish agentligi vakillari soz bilan chiqdilar. Muzeyning katta va kichik zallarida aloxida seksiyalar oz ishini boshladi.

Kunning ohirida Forum ishi nanigalari boyicha rezolyusiya qabul qilindi va Forum isi yakunlandi.

06.05.2011y.

Shu yilning 4 mayida “4G Konsorsium”ning ijrochi direktori G.Xasyanova va “MCI” kompaniyasining MDH davlatlari bo’yicha bosh direktori A.Lifflander Aloqa tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar va katta qiziqish bilan eksponatlarni ko’zdan kechirdilar.

22.04.2011y.

2011 yilning 21 aprelida “Demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning konseptual yo’nalishlari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ishtirokchisi Gansuy do’stlik aloqalari Assotsiasiyasi Bosh kotibi janob Van Shemin Aloqa tarixi muzeyiga tashrif buyurdi va katta qiziqish bilan ekspozitsiyalarni ko’zdan kechirdi.

14.04.2011y.

Joriy yilning 14 aprelida Aloqa tarixi muzeyiga Nokiya Siemens Network firmasining vakillari: NSNning Turkiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi bosh maslahatchisi Aleksandr Bogomolov, NSNning O’zbekistondagi Bosh direktori Baxtiyor Muminov, NSNning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mintaqaviy yurist-konsulti tashrif buyurdilar va katta qiziqish bilan eksponatlarni ko’zdan kechirdilar.

2011 yil 14 aprel kuni O’zbekiston Aloqa tarixi muzeyida “O’zbektelekom” AK matbuot-anjumani o’tkazdi. Matbuot-anjumani “O’zbektelekom” AK rivojlanish istiqbollari, kompaniyaning xalqaro faoliyati va yangi UZTELECOM brendining tatbiq etilishiga bag’ishlandi. Matbuot-anjumanini “O’zbektelekom” AK bosh direktori Maxsum Mahmudov ochdi va yig’ilish ishtirokchilariga “O’zbektelekom” AKning 2011 yil rejalari haqida so’zlab berdi. Rebrending bo’yicha ishlarni amalga oshirish doirasida yangi vizual logotip, xizmatlarni yagona brend nomi UZTELECOM – (bosh brend), subbrendlar tizimi, firma uslubi, harajatlari, korporativ, suvenir va reklama-axborot mahsulotlari standartlari yaratildi. UZTELECOM – “O’zbektelekom” AK xizmatlarining bosh brendi. UZMOBILE va UZONLINE kompaniya subbrendlari qilib belgilandi.

23.03.2011y.

Muzeyning ostki qavatida joylashgan yangi ko’rgazma zali yana bir noyob eksponat, ya`ni 50 raqamga mo’ljallangan dekadno-qadamli avtomatik telefon stansiyasi (ATS) bilan boyitildi. Mazkur ATS “O’zbektelekom” AKning  “Farg’ona telekom” filiali tomonidan muzeyga sovg’a qilindi va uning ishlab chiqarish labaratoriya mutaxassislari: Rojikoriyev K.N., Shamsutdinov D.D., Datsko S.N. tomonlaridan montaj ishlari yakuniga yetkazildi. ATSning ayrim priborlarini sozlangandan so’ng, muzey tashrifchilari ATS ishlash prinsipi bilan tez kunda tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

03.03.2011y.

Joriy yilning 3-4 mart kunlarida muzeyda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Avtomatlashtirilgan hukumat axborot tizimlari” mavzuidagi ilmiy-amaliy seminar hukumat axborot tizimlarini avtimatlashtirish sohasidagi xalqaro mutaxassislar bilan hamkorlikda bo’lib o’tdi. Ma`ruzada hukumat organlari rahbarlari va texnik mutaxassislar ishtirok etdilar.

Shu yilning 3 martida Aloqa tarixi muzeyiga Toshkent shahar va viloyatlar soha kasaba uyushmalari rahbarlari tashrif buyurishib, katta qiziqish bilan eksponatlarni ko’zdan kechirishdi.

24.02.2011y.

Shu yilning 23 fevralida Aloqa tarixi muzeyiga “O’zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi filiallari va korxonalarning rahbarlari tashrif buyurdilar va muzey eksponatlarini katta qiziqish bilan ko’zdan kechirdilar.

17.02.2011y.

2011 yil 17 fevralda Aloqa tarixi muzeyida «ECTACO.UZ» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan JETBOOK-elektron kitob va PARTNER-elektron tarjimonlarini keng yoritilishi bo’yicha taqdimot bo’lib o’tdi.

Ushbu mahsulotni ishlab chiqarilishi 2010 yilning avgust oyidan boshlangan.

Mazkur elektron kitob va elektron tarjimonlardan oliy o’quv yurtlarida, o’rta-maxsus kasb-hunar ta`lim muassasalarida, maktablarda o’quv jarayonlarida foydalanish mumkin.

Elektron kitob va elektron tarjimonlardan foydalanish o’quv qo’llanmalarni xarid qilish sarf xarajatlarini hamda qog’oz mahsulotlariga bo’lgan talabni keskin kamaytirish imkonini yaratadi.

Taqdimotda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o’rinbosari A.A.Xodjayev, tegishli vazirliklar va muassasalar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

2011 yil 17 fevralda Aloqa tarixi muzeyiga Biznes va personalni rivojlantirish markazida malaka oshirish kursida ta`lim olayotgan “O’zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi filallariga qarashli shahar va tuman telekommunikatsiya bog’lamalari boshliqlari muzey ekspozitsiyasi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar.

10.02.2011y.

Joriy yilning yanvar oyida muzey ekspozitsiyasi bilan 650 nafardan ortiq tashrifchilar tanishdilar, shu jumladan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori tomonidan tasdiqlangan “Aloqa tarixi muzeyi bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining hamkorlikdagi ish rejasi”ga muvofiq 200 nafar universitet talabalari, shuningdek tizimdagi kollej va akademik litsey o’quvchilari muzeyga tashrif buyurdilar.

Aloqa tarixi muzeyida 7, 9 fevral kunlari aloqa tarixiga bag’ishlangan o’quv seminarlari bo’lib o’tdi.

Seminar ishida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1 kurs talabalari qatnashdilar.

Kamoliddin Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn instituti bilan muzeyshunoslik fakultetining 2-3 kurs talabalarining Aloqa tarixi muzeyida amaliyot o’tishi yuzasidan Kelishuv imzolandi.

03.02.2011y. 2011 yil 2 fevralda Aloqa tarixi muzeyiga Aloqa sohasidagi hududiy hamkorlik mamlakatlari pochta operatorlari uchun Umumjahon pochta ittifoqi tomonidan “Pochta to’lov xizmatlarini rivojlantirish va mustahkamlash” mavzuida tashkil etilgan xalqaro seminar qatnashchilari tashrif buyurdilar. 2011 yil 2 fevralda Aloqa tarixi muzeyida tarixiy ahamiyatga ega markalar va konvertlardan iborat yangi ekspozitsiyasining taqdimoti o’tkazildi. Mazkur tarixiy markalar va konvertlar O’zbekiston filatelistlar jamiyati raisi o’rinbosari, taniqli filatelist Vladimir Fyodorovich Shveduks tomonidan muzeyga sovg’a qilingan. Taqdimotda Vladimir Fyodorovich Shveduks va muzey tashrifchilari ishtirok etdilar.

Aloqa tarixi muzeyida yangi ekspozitsiya ochildi

Aloqa tarixi bo’limi

01.07.2010y.

2010 yilning 25 iyul kuni muzeyning pastki qavatidan joy olgan ekspozitsiyaning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ekspozitsiyani bosh vazir o’rinbosari Aripov A.N. va O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori Muhitdinov X.A. ochdilar. Ochilish marosimida AK “O’zbektelekom”ning bosh direktori Maxmudov M.M., AK “O’zbektelekom” filiallarining boshliqlari va ommaviy axborot vakillari ishtirok etdilar. Yangi ekspozitsiya zinadan boshlangan bo’lib, u yerdan mashhur telefon ixtirochisi A.Bellning, qadimiy telefon apparatlarining fotosuratlari va boshqalar joy olgan. Pastki qavatga tushaverish yo’lakchasiga televizor, radiopriyomniklar va ХХ asrning ikkinchi yarimida foydalanilgan telefon apparatlari qo’yilgan. Pastki qavat hollidagi podiumlarga o’tgan asrning 30 yillaridan boshlab to 90 yillarigacha foydalanilgan o’lchov texnikasi uskunalaridan namunalar joylashtirilgan. U yerda otsillograflar, optic tolali, shaharlar va shaharlararo kabel aloqa parametrlarini o’lchovchi uskunalar mavjud. Shuninhdek u yerdan joy olgan, 1938 yilda chiqarilgan qoplamasi taxtadan ishlangan, ishchi holatidagi voltmeter alohida qimmatga ega. Pastki qavat devorlariga 1950 yildan to hozirgi kunimizgacha foydalanilayotgan taksofonlarning turli modifikatsiyalari (namunalari) o’rnatilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, taksofonlar ishchi holatda. Ekspozitsiyadan shaharlar va shaharlararo aloqa liniyalarini qurishda, shuningdek, radiolashtirishda ishlatilgan kabel namunalari stendi alohida o’rin egallagan. Pastki qavatga kiraverishda muzey mutaxassislari tomonidan yasalgan ХХ asrning boshlariga oid qadimiy devor telefon apparati maketi, ishlaydigan holatda, joy olgan. Agentlik taklifiga binoan pastki qavatda kutubxona tashkil etilgan. U ikki xonadan iborat bo’lib, birinchi xonadan qiroatxona va Respublika axborot kutubxona markazining ekspozitsiyasi, ikkinchi xona esa maxsus kitob javonlari bilan jihozlangan bo’lib, u yerdan sohaga oid kitoblar, jurnallar, o’quv qo’llanmalari, lug’atlar va boshqa texnik adabiyotlar joy olgan. Bu kitoblarning ayrimlari o’tgan asrning 30 yillarida chop etilganligi bilan qimmatli. Kutubxona fondida 800dan ortiq adabiyot mavjud. Kitoblardan foydalanishni tarixiy va zamonaviy uslublarini tashrif buyuruvchilarga namoyish etish maqsadida kutubxonaning o’quv zalida ikkita maneken hamda supa va xontaxtadan iborat kompozitsiya joylashtirilgan. Hozirgi kunda “Aloqa tarixi” muzeyining pastki qavat ekspozitsiyasi keng omma etiboriga o’z eksponatlarini namoyish etib kelmoqda. Hozirgi kunda “Aloqa tarixi” muzeyining pastki qavat ekspozitsiyasi keng omma etiboriga o’z eksponatlarini namoyish etib kelmoqda.

R.А. Аskarov

“Aloqa va axborotlashtirish sohasi

tarixi va merosi jamoat fondi” direktori

24.06.2010y.

Moziydan bugunga

Axborot texnologiyalari hozirgi kunda butun dunyoni qamrab oldi. U ilmiy-texnik rivojlanishning harakatga keltiruvchi kuchi bo’lib, xalq xo’jaligining turli sohalarining rivojlanishiga, aholiga xizmat ko’rsatish sifatini kengaytirishga ta`sir o’tkazib kelmoqda. Bugungi kunda ATlarining yutuqlarisiz dunyoni tasavvur etib bo’lmaydi. ATl yutuqlarini qo’llashning chek chegarasi amaliy jihatdan mavjud emas. U ham meditsinada (telemeditsina), ta`limda (masofaviy o’qitish texnologiyalari), gidrometeorologiyada, aloqada, transport tizimida, bank va boshqa xalq xo’jaligining tarmoqlarida keng iste`molda. Bir necha o’n yillar oldin bir korxonadan ikkinchi korxonaga, bir viloyatdan boshqasiga pul o’tkazish birnecha kunni talab etgan bo’lsa, hozirda bu muomala bir necha daqiqalarda amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta`kidlashni xohlar edimki, butun dunyoda ATning shiddatli rivoji oxirgi o’nyilliklarga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasida AT yuqori sur`atlar bilan ildamlamoqda, xattoki ko’pgina davlatlarni ortda qoldirmoqda. O’ylashimcha bu borada aniq sonlarni keltirishga ehtiyoj bo’lmasa kerak, bu barchаga ma`lum mobil aloqa tizimining rivojlanishi, internet tizimining rivojlanishi va tadbiq etilishi, telekommunikatsiya tizimlarini raqamlashtirish, radioeshittirish, televideniya va ko’plab boshqalardir. Axborot texnologiyalari rivojidagi bunday siljish Respublika Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov janoblarining olib borayotgan oqilona siyosatlari natijasida telekommunikatsiya tizimida cheksiz imkoniyatlar yaratildi, shuningdek, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbarlari, xodimlari va tarkibiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar samarasidir. O’zbekiston aholisining o’tgan asrning 70-80-yillarida dunyoga kelib,            90-yillarida (informatsion texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanayotgan paytda) ish faoliyatlarini boshlagan avlod aloqa va axborotlashtirish sohasi vositalari bo’yicha yetarlicha tushunchaga ega emas, ya`ni hozir ularda mustaqillik yillarida AT yutuqlarini hayotga tadbiq etish  hajmini solishtirish imkoniyati mavjud emas. Yosh o’sib kelayotgan avlodga, AT sohasidagi bosqichma-bosqich rivojlanishni va uni hayotga tadbiq etilishini, ayniqsa pochta aloqasi va telekommunikatsiya sohasidagi yangi texnikalarni joriy etilish bilan bo’lgan o’zgarishlarni ko’z o’nglarida namoyish qilish maqsadida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qaroriga binoan Toshkent shahrida “Aloqa tarixi” muzeyi tashkil etildi. Bu qarorga binoan juda qisqa muddat, 2008 yilning o’rtalaridan boshlab 2009 yilning o’rtalarigacha bo’lgan muddat ichida “Aloqa tarixi” muzeyining zamonaviy binosining loyihasi chizilib qurish ishlari boshlab yuborildi. Bino O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi binosi yonidan joy oldi va deyarli 4 oy ichida muzeyning 1-qavat ekspozitsiyasining jihozlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, muzey ekspozitsiyasi bevosita Respublikaning turli chekkalaridagi telekommunikatsiya muassasalari, soha vakkillari va oddiy aholidan jamlangan. Muzey konsepsiyasi ustida ish olib borilganda Respublikaning ilg’or muzeylari va shu sohaning chet el muzeylaridan namunalar olindi. Muzeyning tantanali ochilish marosimi 2009 yilning 24 oktabrida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbarlari, tashkilot, muassasa boshliqlari va ommaviy axborot vakillari ishtirokida bo’lib o’tdi. Muzey ekspozitsiyasi muzeyga birinchi tashrif buyurganlar tomonidan bir ovozdan yuqori baholandi.

Toshkent shahridagi “Aloqa tarixi” muzeyining tantanali ochilish marosimi

Muzeyning ochilganidan bugungi kunga qadar 6000dan ziyod tomoshabinlar tashrif buyurdilar, shuningdek, Toshkent shahridagi oily ta`lim muassasalaridan, kolledjlardan talabalar, maktab o’quvchilari, soha mutaxssislari va xorijlik mehmonlar  shular jumlasidan.