Moziydan bugunga

R.А. Аskarov

“Aloqa va axborotlashtirish sohasi
tarixi va merosi jamoat fondi” direktori

Axborot texnologiyalari hozirgi kunda butun dunyoni qamrab oldi. U ilmiy-texnik rivojlanishning harakatga keltiruvchi kuchi bo’lib, xalq xo’jaligining turli sohalarining rivojlanishiga, aholiga xizmat ko’rsatish sifatini kengaytirishga ta`sir o’tkazib kelmoqda. Bugungi kunda ATlarining yutuqlarisiz dunyoni tasavvur etib bo’lmaydi. ATl yutuqlarini qo’llashning chek chegarasi amaliy jihatdan mavjud emas. U ham meditsinada (telemeditsina), ta`limda (masofaviy o’qitish texnologiyalari), gidrometeorologiyada, aloqada, transport tizimida, bank va boshqa xalq xo’jaligining tarmoqlarida keng iste`molda. Bir necha o’n yillar oldin bir korxonadan ikkinchi korxonaga, bir viloyatdan boshqasiga pul o’tkazish birnecha kunni talab etgan bo’lsa, hozirda bu muomala bir necha daqiqalarda amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta`kidlashni xohlar edimki, butun dunyoda ATning shiddatli rivoji oxirgi o’nyilliklarga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasida AT yuqori sur`atlar bilan ildamlamoqda, xattoki ko’pgina davlatlarni ortda qoldirmoqda. O’ylashimcha bu borada aniq sonlarni keltirishga ehtiyoj bo’lmasa kerak, bu barchаga ma`lum mobil aloqa tizimining rivojlanishi, internet tizimining rivojlanishi va tadbiq etilishi, telekommunikatsiya tizimlarini raqamlashtirish, radioeshittirish, televideniya va ko’plab boshqalardir. Axborot texnologiyalari rivojidagi bunday siljish Respublika Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov janoblarining olib borayotgan oqilona siyosatlari natijasida telekommunikatsiya tizimida cheksiz imkoniyatlar yaratildi, shuningdek, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbarlari, xodimlari va tarkibiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar samarasidir. O’zbekiston aholisining o’tgan asrning 70-80-yillarida dunyoga kelib, 90-yillarida (informatsion texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanayotgan paytda) ish faoliyatlarini boshlagan avlod aloqa va axborotlashtirish sohasi vositalari bo’yicha yetarlicha tushunchaga ega emas, ya`ni hozir ularda mustaqillik yillarida AT yutuqlarini hayotga tadbiq etish hajmini solishtirish imkoniyati mavjud emas. Yosh o’sib kelayotgan avlodga, AT sohasidagi bosqichma-bosqich rivojlanishni va uni hayotga tadbiq etilishini, ayniqsa pochta aloqasi va telekommunikatsiya sohasidagi yangi texnikalarni joriy etilish bilan bo’lgan o’zgarishlarni ko’z o’nglarida namoyish qilish maqsadida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qaroriga binoan Toshkent shahrida “Aloqa tarixi” muzeyi tashkil etildi. Bu qarorga binoan juda qisqa muddat, 2008 yilning o’rtalaridan boshlab 2009 yilning o’rtalarigacha bo’lgan muddat ichida “Aloqa tarixi” muzeyining zamonaviy binosining loyihasi chizilib qurish ishlari boshlab yuborildi. Bino O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi binosi yonidan joy oldi va deyarli 4 oy ichida muzeyning 1-qavat ekspozitsiyasining jihozlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, muzey ekspozitsiyasi bevosita Respublikaning turli chekkalaridagi telekommunikatsiya muassasalari, soha vakkillari va oddiy aholidan jamlangan. Muzey konsepsiyasi ustida ish olib borilganda Respublikaning ilg’or muzeylari va shu sohaning chet el muzeylaridan namunalar olindi. Muzeyning tantanali ochilish marosimi 2009 yilning 24 oktabrida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbarlari, tashkilot, muassasa boshliqlari va ommaviy axborot vakillari ishtirokida bo’lib o’tdi. Muzey ekspozitsiyasi muzeyga birinchi tashrif buyurganlar tomonidan bir ovozdan yuqori baholandi.

Toshkent shahridagi “Aloqa tarixi” muzeyining tantanali ochilish marosimi

Muzeyning ochilganidan bugungi kunga qadar 6000dan ziyod tomoshabinlar tashrif buyurdilar, shuningdek, Toshkent shahridagi oily ta`lim muassasalaridan, kolledjlardan talabalar, maktab o’quvchilari, soha mutaxssislari va xorijlik mehmonlar shular jumlasidan.