Aloqa tarixi muzeyida yangi ekspozitsiya ochildi

Aloqa tarixi bo’limi

2010 yilning 25 iyul kuni muzeyning pastki qavatidan joy olgan ekspozitsiyaning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ekspozitsiyani bosh vazir o’rinbosari Aripov A.N. va O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori Muhitdinov X.A. ochdilar. Ochilish marosimida AK “O’zbektelekom”ning bosh direktori Maxmudov M.M., AK “O’zbektelekom” filiallarining boshliqlari va ommaviy axborot vakillari ishtirok etdilar. Yangi ekspozitsiya zinadan boshlangan bo’lib, u yerdan mashhur telefon ixtirochisi A.Bellning, qadimiy telefon apparatlarining fotosuratlari va boshqalar joy olgan. Pastki qavatga tushaverish yo’lakchasiga televizor, radiopriyomniklar va ХХ asrning ikkinchi yarimida foydalanilgan telefon apparatlari qo’yilgan. Pastki qavat hollidagi podiumlarga o’tgan asrning 30 yillaridan boshlab to 90 yillarigacha foydalanilgan o’lchov texnikasi uskunalaridan namunalar joylashtirilgan. U yerda otsillograflar, optic tolali, shaharlar va shaharlararo kabel aloqa parametrlarini o’lchovchi uskunalar mavjud. Shuninhdek u yerdan joy olgan, 1938 yilda chiqarilgan qoplamasi taxtadan ishlangan, ishchi holatidagi voltmeter alohida qimmatga ega. Pastki qavat devorlariga 1950 yildan to hozirgi kunimizgacha foydalanilayotgan taksofonlarning turli modifikatsiyalari (namunalari) o’rnatilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, taksofonlar ishchi holatda. Ekspozitsiyadan shaharlar va shaharlararo aloqa liniyalarini qurishda, shuningdek, radiolashtirishda ishlatilgan kabel namunalari stendi alohida o’rin egallagan. Pastki qavatga kiraverishda muzey mutaxassislari tomonidan yasalgan ХХ asrning boshlariga oid qadimiy devor telefon apparati maketi, ishlaydigan holatda, joy olgan.

Agentlik taklifiga binoan pastki qavatda kutubxona tashkil etilgan. U ikki xonadan iborat bo’lib, birinchi xonadan qiroatxona va Respublika axborot kutubxona markazining ekspozitsiyasi, ikkinchi xona esa maxsus kitob javonlari bilan jihozlangan bo’lib, u yerdan sohaga oid kitoblar, jurnallar, o’quv qo’llanmalari, lug’atlar va boshqa texnik adabiyotlar joy olgan. Bu kitoblarning ayrimlari o’tgan asrning 30 yillarida chop etilganligi bilan qimmatli. Kutubxona fondida 800dan ortiq adabiyot mavjud. Kitoblardan foydalanishni tarixiy va zamonaviy uslublarini tashrif buyuruvchilarga namoyish etish maqsadida kutubxonaning o’quv zalida ikkita maneken hamda supa va xontaxtadan iborat kompozitsiya joylashtirilgan. Hozirgi kunda “Aloqa tarixi” muzeyining pastki qavat ekspozitsiyasi keng omma etiboriga o’z eksponatlarini namoyish etib kelmoqda.

Hozirgi kunda “Aloqa tarixi” muzeyining pastki qavat ekspozitsiyasi keng omma etiboriga o’z eksponatlarini namoyish etib kelmoqda.