“Yagona himoyalangan elektron pochta va elektron hujjat aylanishi tizimida ishlash”

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 4 may 126-son qaroriga asosan Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas`ul shaxslari hamda foydalanuvchilari uchun Aloqa tarixi muzeyida 2011 yil 10 iyunda “Yagona himoyalangan elektron pochta va elektron hujjat aylanishi tizimida ishlash” mavzuida o’quv seminari bo’lib o’tdi.

Seminar, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda UNICON.UZ markazi tomonidan tashkil etildi.

Seminarning maqsadi – O’zbekiston Respublikasi davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yagona himoyalangan elektron pochta va elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanishning taqdimoti.