E’lonlar

 

Navro’z bayrami arafasida “Aloqa tarixi muzeyi”da “Grammofonlar” nomli yangi ekspozitsiyaning ochilishi rejalashtirilgan. Mazkur ekspozitsiyadan XX asrning birinchi yarimida ishlab chiqarilgan hamda yurtimizda foydalanishda bo’lgan tarixiy qimmatga ega  antiqa eksponatlar o’rin olgan.

Yangiliklarni kuzatib boring va ochilish marosimini o’tkazib yubormang!

 

 

сайтга лого uz

baner_UD_2

 

Aloqa tarixi  muzeyida texnik kutubxona tashkil etilgan. Bu yerdan XX asrning ikkinchi yarmidan bosib chiqarilgan aloqa sohasiga oid qiziqarli adabiyotlar, o’quv-metodik qo’llanmalar, turli jurnallar o’rin olgan. Aloqa tarixi muzeyi  kutubxonasiga tashrif buyurganlar  yuqoridagi kitob va jurnallar bilan yaqindan tanishib o’zlari uchun kerakli bo’lgan axborotlarni olishga muyassar bo’ladilar.

Muzeyimizga marxamat!

Shuningdek, muzeyimizda kutubxona fondini yanada kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Agar Sizda aloqa sohasiga oid adabiyot, o’quv qo’llanmalar, aloqa texnikasi tavsiflari mavjud bo’lsa, ularni muzeyimiz kutubxonasiga taqdim etishingiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Hurmat bilan,  Aloqa tarixi muzeyi

Ma`muriyati

Viktorina