Muzey tarixi

“Aloqa tarixi muzeyi” 2009 yil 24 oktabrdan boshlab o’z faoliyatini yuritib kelmoqda. Muzey O’zbekiston aloqa sohasining rivojlanish bosqichlarini ekspozitsiyalarda gavdalantirgan. Muzey pochta aloqasining rivojlanishi, telegraf, telefon aloqasi, radio va televideniye, mobil aloqa va sohaning mustaqillik yillaridagi rivojlanishi bo’limlaridan iborat.