Joriy yilning 19 aprelida Aloqa tarixi muzeyi binosida davra suhbati tarzida “Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish muammolari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5 martdagi 64-son bayonini o’z vaqtida bajarish” mavzuida seminar bo’lib o’tdi.

Ushbu seminar O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi hamda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi UZINFOCOM tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari huzuridagi Kompyuterlashtirish markazlarining rahbarlari va mas’ul xodimlari uchun tashkil etildi.

Seminarda respublikamizning barcha hududlaridagi Kompyuterlashtirish markazlarining 25 dan ortiq vakillari ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilari uchun muzey bo’ylab ekskursiya tashkil etildi.