2015 yilning 10 mart kuni  “Aloqa tarixi muzeyi”da  o’zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga 100 yil to’lgani munosabati bilan O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy-ma`rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “O’zbekiston-Germaniya” do’stlik jamiyati hamda Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Jahon tillari Universiteti hamkorligida adabiy kecha bo’lib o’tdi.

DSC00583

Ushbu tadbirda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy davlat elchilari, shoiraning izdoshlari, yaqinlari, shogird va muxlislari, nufuzli tashkilot rahbarlari, do’stlik jamiyatlari a`zolari, “Zulfiya” mukofoti sovrindorlari va oily o’quv yurtlarining o’qituvchi, talabalari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Kechada mehmonlar talabalar tomonidan o’qilgan shoiraning o’zbek, ingliz va korys tillaridagi she`rlarini tingladilar.

DSC00582

Ishtirokchilari uchun muzey bo’ylab ekskursiya tashkil etildi.