“Pochta to’lov xizmatlarini rivojlantirish va mustahkamlash” mavzuidagi xalqaro seminar

2011 yil 2 fevralda Aloqa tarixi muzeyiga Aloqa sohasidagi hududiy hamkorlik mamlakatlari pochta operatorlari uchun Umumjahon pochta ittifoqi tomonidan “Pochta to’lov xizmatlarini rivojlantirish va mustahkamlash” mavzuida tashkil etilgan xalqaro seminar qatnashchilari tashrif buyurdilar.

Shu kuni Aloqa tarixi muzeyida tarixiy ahamiyatga ega markalar va konvertlardan iborat yangi ekspozitsiyasining taqdimoti o’tkazildi. Mazkur tarixiy markalar va konvertlar O’zbekiston filatelistlar jamiyati raisi o’rinbosari, taniqli filatelist Vladimir Fyodorovich Shveduks tomonidan muzeyga sovg’a qilingan. Taqdimotda Vladimir Fyodorovich Shveduks va muzey tashrifchilari ishtirok etdilar.