Muzey ekspozitsiyalari uch qavatda joylashgan:
- 1. Pastki qavat
- 2. Birinchi qavat
- 3. Ikkinchi qavat
Pastki qavat ekspozitsiyasi
2010 yilning 25 iyunida muzeyning pastki qavatidan joy olgan eksponatlarning rasmiy ochilishi bo’lib o’tdi.
Sizning e`tiboringizga u yerdan joy olgan o’tgan asrning o’rtalaridan foydalana boshlangan taksafon kabinalar va taksafon apparat namunalari havola etilgan.
Shuningdek, pastki qavat ekspozitsiyasida o’lchov uskunalari, XX asrda qo’llanilgan aloqa kabellari va sohaviy kutubxona joy olgan. Kutubxonada o’tgan asrning 30-yillardan hozirgi kungacha chop etilgan texnik adabiyotlardan 800 tasi mavjud.
Birinchi qavat ekspozitsiyalari
1-qavatdagi holl markazida XVII-XVIII asrlarda ot-arava orqali pochta yetkazib berish maketi joylashgan.
Ikkinchi qavat ekspozitsiyalari
Ikkinchi qavat ekspozitsiya zalini aloqa va axborotlashtirish tarixining rivojini aks ettiruvchi “Aloqa sohasining rivojlanish shajarasi” ochib beradi. “Aloqa sohasining rivojlanish shajarasi” o’zida aloqa sohasining barcha rivojlanish bosqichlarini, yani chopar-elchilar orqali, kabutarlar orqali, olovli va tutunli ishoralar orqali ma`lumot uzatishning eng sodda usullari, pochta aloqasi rivojlanishining boshlang’ich bosqichlari: telefon, telegraf, radio, televideniyadan to hozirgi zamonaviy aloqa almashinuv usullarini – elektron pochta, internet, mobil aloqa, interaktiv televideniya va b.q. – ko’rsatib bergan.
Muzey ekspozitsiyasining barchasi “Aloqa sohasining rivojlanish shajarasi”ga muvofiq joylashtirilgan.
“Aloqa sohasining rivojlanish shajarasi”
Muzey ekspozitsiyasi
Mustaqillik yillaridagi aloqa sohasidagi yangi texnologiyalar va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishiga muzeyda alohida o’rin ajratilgan bo’lib, bular: mobil aloqa kompaniyalari, bank muassasalari – «Aloqabank», sug’urta jamiyati – «Alskom», ommaviy axborot vositalari – «Xabar» sohaviy gazetasi, «Infocom.uz» jurnali, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bir qatorda meyoriy hujjatlar ishlab chiqarish va chop etish bilan shug’ullanuvchi UP «Unicon.uz» va b.q. mustaqillik yillarida tashkil etilgan korxonalar.
Mustaqillik yillarida aloqa sohasida erishilgan yutuqlarga bag’ishlangan muzey ekspozitsiyasi